Nefropatiya

Nefropatiya [yun. nephros – buyrak, pathos – kasallik] – buyrakning turli morfologik va funksional kasalliklarini anglatuvchi umumiy tushuncha.

Nefropatiyaga nefritlar (glomerulnefrit, piyelonefrit, tubulointerstitsial, irsiy), buyrak anomaliyalari (buyrakning arteriya va venalari nuqsonlari, buyrak aplaziyasi, qoʻshimcha buyrak, buyrak gipoplziyasi, festoniyasi), buyrak polikistozi, pionefroz (buyrakning yiringli-destruktiv yalligʻlanishi), buyrak sili, raki, buyrak exnokokkozi, buyrak amiloidozi, buyrakning oʻtkir va surunkali yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, nefroptoz, nefrolitiaz, nefrosklroz va boshqa kasalliklar kiradi.

Nefropatiya rivojlanishiga baʼzi yuqumli kasalliklar (angina, nafas tizimining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklari, ayrim viruslar), organizmning sovqotishi, qandli diabet, tireoidit, amiloidoz, maʼlum bir guruh dorilarning noxush taʼsiri, immun tizimdagi yetishmovchiliklar va boshqa omillar sabab boʻladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.