Nafas olish

Nafas, nafas olish – organizmga kislorod kirib, undan karbonat angidrid (C02) chiqib ketishi, shuningdek, hujayra va toʻqimalarda kislorod yordamida kechadigan organik moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida organizm hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiya ajralib chiqishidan iborat jarayonlar majmui.

Bir hujayrali jonivorlar va tuban oʻsimliklar nafas olishidagi gaz almashinuvi hujayralar sirti orqali, yuksak oʻsimliklarda butun tanadagi hujayralararo qobiq orqali diffziya yoʻli bilan sodir boʻladi. Tuzilishining mrakkablashishi va tana hajmining kattalashib borishi bilan nafas olish vazifalarini oʻtovchi maxsus tuzilma yoki aʼzolar hamda qon aylanish tizimi rivojlana boradi, bu tizimda 02 va C02 ni bogʻlash va tashish xususiyatiga ega boʻlgan qon va limfa aylanib yuradi.

Hasharotlarda havo naychalari – traxelar, baliqlarda – jabralar nafas aʼzolari hisoblanadi. Quruqlik va suvda yashaydigan hayvonlar oʻpka bilan birga teri orqali ham nafas oladi. Umurtqali hayvonlar va Odamda tashqi nafas maxsus nafas aʼzolarida, toʻqima nafasi esa toʻqima va hujayralardagi oksidlanish-kaytarilish reaksiyalarida amalga oshadi.

Baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilada ogʻiz tubi mushaklarining harakati tufayli jabra va oʻpkaga havo kiradi. Qushlar, sut emizuvchilar va Odamda nerv tizimini uygʻulashtiradigan nafas mushaklari (asosan, diafragma va qovurgalararo mushaklarning birtekis qisqarishi tashqi nafasni taʼminlaydi.

Bu mushaklar qisqarganda koʻkrak qafasining hajmi kattalashib, oʻpka kengayadi, bunda atmosfera bosimi oʻpka ichidagi bosimdan farq qiladi va oʻpkaga havo kiradi (Nafas olish – inspiratsiya). Nafas chiqarish (eskpiratsiya) passiv (nafas olish fzasida choʻzilgan koʻkrak qafasining puchayishi hisobiga) va faol (baʼzi mushaklarning qisqarishi yoʻli bilan) amalga oshiriladi. Bir gal nafas olishda oʻpkaga kiradigan havo miqdori nafas hajmi deb ataladi.

Sut emizuvchilar va Odamda gaz almashinuvi, asosan, oʻpka alveolalarida sodir boʻladi va qonga 02 ning faqat 2 % i teri orqali tushadi. Oʻpka orqali bir daqiqada oʻtuvchi havo miqdori – minutlik nafas hajmi (MNH) deb yuritiladi. Odam tinch turganda bu koʻrsatkich 5-8 l/min, jismoniy ish qilganda esa 100 l/myn va undan ortiqroq chiqishi mumkin.

Alvelyar havo va venoz qon (oʻpka kagshllyarlaridagi) orasidagi gaz almashinuvi 02 (60-70 mm simob ust.) va S02 (7 mm simob ust.) parsial bosilarning har xilligi tufayli alveola-kapilyar membrana (Odamda membrananing umumiy yuzasi qariyb 90 m2) orqali amalga oshadi, 02 qoida gemoglobin molekulasiga bogʻlanib teshiladi. Yetib borgan joyida 02 toʻqimaga oʻtadi, bu jarayon arterial qon (100 mm simob ust.) va toʻqimalardagi (0-40 mm simob ust.) nomutanosib parsial bosim hisobiga yuz beradi. S02 ham toʻqimadagi qonga va qondan alveolalaga parsial bosimning oʻzgarishlari hisobiga oʻtadi: toʻqimalarda 60 mm atrofida, venozdgi qonda – 47 mm, alveolalarda 25 mm simob ust. S02 ning 80 % i qonga ishqoriy metallar (bikarbonat), kam qismi esa gemoglobin bilan birikkan holda (karbgemolobin) boʻladi.

Gaz almashinuvining jadalligi nafas koeffitsiyenti bilan taʼriflanadi. Hayvonlar va odamlarda bosh miya poʻstlogʻi, buyrak, yurak toʻqimalarining 02ta ehtiyoji katta.

Nafas markaziy nerv tizimi tomonidan idora etiladi. Nafas olish mushaklarining reflektor qisqarishini taʼminlovchi harakat nervlarning yadrolari orqa miya kulrang moddasining oldingi shoxlarida joylashgan. Nafas olish va chiqirishning birtekis ishlashini, uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi (NM) taʼminlaydi.

Miyaning “Varoli koʻprigi”da pnevmtoksik markaz mavjud boʻlib, u NM bilan birga nafas jarayonini boshqaradi. Nafas nazoratida qondagi S02 miqdorining ahamiyati katta, bu miqdorning oshishi mushaklar qisqarishini kuchaytiradi va MNHni oshiradi, natijada organizmdan ortiqcha S02 chiqariladi.

Uyqu arteriyalarida retseptorlar mavjud boʻlib, ular qonning kimyoviy tarkibini nazorat qilib boradi va NMga qondagi 02 hamda C02miqdorining oʻzgarishi toʻgʻrisida axborot beradi. Uzunchoq miyaning sirtqi qismida joylashgan xemoretseptorlar orqa miya suyuqligidagi S02 miqdorining oʻzgarishini sezadi. Nafas nazorati nafaqat 02 va S02 parsial bosimini meʼyorda ushlab turishga, balki bu koʻrsatkichlar oʻzgarishining oldini olishga ham qaratilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.