Moyak

Moyak, urugʻdon – erkaklar jinsiy bezi; yorgʻoq ichida joylashgan. Moyakda organizmdagi bir qancha faoliyatlarga taʼsir koʻrsatadigan erkaklar jinsiy gormoni ishlanib, qonga oʻtadi.

Balogʻatga yetgan davrda moyak toʻliq yotiladi, yosh oʻtishi bilan biroz kichrayib boradi. Embronda moyak qorin boʻshligʻida belning yuqoridagi ikkita umurtqasi sohasida paydo boʻladi va tugʻilish davriga kelib yorgʻoqqa tushadi (yana q. Jinsiy aʼzolar).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.