Morfogenez

Morfogenez [yun. morphe – shakl va genesis – rivojlanish] – organizmlarning ontogenzi va filogenezida yangi shakllar va tuzilmalarning hosil boʻlish jarayoni.

Morfogenez jarayonida hujayralarning koʻpayishi, joyining oʻzgarishi, tanlanishi, baʼzi hujayra guruhlarining oldindan irsiy belgilab qoʻyilgan oʻlimi va ixtisoslanishi kuzatiladi.

Murtak hujayralarining ixtisoslanishi tufayli har xil tuzilishga va funksiyaga ega boʻlgan hujayralar shakllanadi. Ixtisoslashgan hujayralar muayyan yoʻnalishda rivojlana boshlaydi.

Bu jarayon determinatsiya deyiladi. Unda hujayra guruhlari oʻzaro taʼsir qilib, bir-birining rivojlanishini boshqaradi. Bu hodisa embrional induksiya deyiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.