Miya

Miya – 1) odam va hayvonlar nerv tizimining markaziy boʻlimi, miya organizmning eng murakkab hayotiy faoliyatlari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi.

Umurtqasiz hayvonlarda miya koʻndalang va boʻlama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami – nerv tugunlari (gangliylar)san iborat. Haykali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻimoyoqlilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning koʻpchiligida qorin nerv zanjirining halqum usti va halqum osti nerv tugunlari kuchli rivojlangan boʻlib, bosh miya deyiladi.

Miya qattiq, oʻrgimchak uyasisimon va tomirli parda bilan qoplangan. Boʻgʻimoyoqlilar va boshoyoqli mollyuskalarning halqum usti nerv tugunlari 2-3 boʻlimdan tashkil topgan. Tuban xordali hayvonlar miyasi naysimon, alohida qismlarga boʻlinmagan.

Umurtqali hayvonlar va odam miyasi bosh hamda orqa miyadan iborat. Evolyutsiya jarayonida bosh miya oldingi, oʻrta va keyingi yoki rombsimon miyani, bundan keyingi rivojlanish davomida oldingi M. oxirgi va oraliq M. ni, rombsimon M. orqa va uzunchoq miyani hosil qiladi.

Bir qancha umurtqalilarda oxirgi miya (Miya katta yarim sharlari) kuchli rivojlanadi. Sut emizuvchlar va Odamda aʼzolar faoliyatini boshqaruvchi sifatida M. katta yarim sharlari poʻstlogʻi shakllanadi. Oxirgi M. ning ostki yuzasida 2 ta hidlash piyozchasi joylashgan. Oraliq M. da koʻrish boʻrtiklari va 2 ta oʻsimta: ustki epfiz va pastki gipofiz hosil boʻladi. Oʻrta M. tuban umurtqalilarda yaxshi rivojlangan.

Yuksak umurtqalilarning oʻrta M. sida koʻrish, eshitish va muvozanat aʼzolari bilan bogʻlangan 4 tepalik shakllanadi. Baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlarda rombsimon M. miyachadan iborat. Sut emizuvchilarda rombsimon M. ning pastki qismida Varoli koʻprigi hosil boʻladi.

Uzunchoq M. hamma hayvonlarda bir xilda tuzilgan; orqa M. uning bevosita davomi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar M. si M. doʻsti bilan qoplangan. Miya doʻstlari oraligʻida orqa M. suyuqligi (likvor) boʻladi. M. Odamda tafakkur aʼzosi hisoblanadi; 2) odam va umurtqali hayvonlar sulgi boʻshliqlarini toʻldirib turadigan toʻqima (koʻmik).

Miya doʻstlari oraligʻida orqa M. suyuqligi (likvor) boʻladi. M. Odamda tafakkur aʼzosi hisoblanadi; 2) odam va umurtqali hayvonlar sulgi boʻshliqlarini toʻldirib turadigan toʻqima (koʻmik).

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.