Mikobakteriyalar [Mycobacteriaceae] – aktinomitsetlar oilasi. Mikobakterium turkumini oʻz ichiga oladi. Koʻndalang kesimi 0,2-0,b mk, oʻz. 1,0-10 mkm, koʻpincha, biroz atalgan yoki shoxlangan tayoqchalar.
Ayrim turlari giflar hosil qiladi, lekin ular yana tayoqcha va kokklarga ajralib ketadi. Gramm musbat, kislotaga chidamli, harakatsiz. Hujayraning boʻlinishi orqali koʻpayadi; spora hosil qilmaydi. Tuproqda keng tarqalgan.
Saprofit mikobakteriyalar organik moddalarni minerallashtirishda ishtirok etadi; ayrim turlari parafinlar va boshqa(lar) karbonsuvlarni oksidlashda qatnashadi. Mikobakteriyalardan biosferani neft qoldigʻidan tozalashda foydalanish mumkin.
Patogen turlari odam, hayvon va oʻsimliklarda kasallik paydo qiladi (oʻpka sili, prokaza).