Mehnatga qobiliyatsizlik

Mehnatga qobiliyatsizlik – mehnat qilish qobiliyatining yoʻqolishi yoki mehnatga yaroqsizlik. Odatda, kasallik, baxtsiz hodisa, uy-roʻzgʻor yumushlari, i. ch., homiladorlik, tugash, keksalik va boshqa(lar) sabablarga koʻra, kishi mehnat qobiliyatini yoʻqotadi. Doimiy va vaqtincha m.q. tafovut qilinadi. Doimiy m.q. – nogironlikdir.

Vaqtincha m.q. toʻliq yoki qisman boʻlib, qisqa muddatda mehnat qobiliyati tiklanishi mumkin. Vaqtincha toʻliq mehnatga qobiliyatsizlikda biror ishga qobiliyat yoʻqoladi va bemor uyda davolanadi. Sogʻaygach, yana ishini davom ettiraveradi.

Qisman vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikda bemor odatdagi ishni bajara olmaydi, ammo sogʻligiga putur yetmagan holda boshqa ishni bajarishi mumkin. Vaqtincha M. q. ni shifokor belgilaydi va mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (ishdan ozod qilish va vaqtincha m.q. boʻyicha nafaqa olish huquqini beradi) yoki ishdan va oʻkishdan ozod qiladigan maʼlumotnoma berib rasmiylashtiradi.

Kasallik yoki i. ch. va Turmushda yuz beradigan baxtsiz hodisalar oqibatida M. q. nafaqa tayinlashda, ish sharoitini belgilash, soliq toʻlash, maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish yuzasidan turli imtiyozlar berishda asosiy omil hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.