Mastoidit

Mastoidit [yun. mastoides – siynasimon] – chakka suyagidagi soʻrgʻichsimon oʻsiq kataklri va suyak toʻqimasi shilliq pardasining yalligʻlanishi; aksariyat hollarda oʻrta quloqning yiringli yalligʻlanishi asorati.

Oʻtkir va surunkali, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi mastoidit farq qilinadi. Quloq sohasida ogʻriq va noxushlik, umumiy ahvolning oʻzgarishi, harorat koʻtarilishi, eshitishning susayishi, quloqdan yiring oqishi va boshqa(lar) kuzatiladi.

Baʼzan shu sohadagi yalligʻlanish atrofidagi toʻqimalarga tarqalishi va jarayon murakkab tus olishi ham mumkin.

Davo kasallik alomatlariga qarab olib boriladi, asosan, oʻtkir otitni oʻz vaqtida davolash lozim. Mahalliy ogʻirroq hollarda jarrohlik usulida davo buyuriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.