Manqa

Manqa – odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik. Teri, shilliq pardalar, mushaklar va ichki aʼzolarning zararlanishi bilan kechadi.

Kasallikni tayoqchasimon bakteriya – Pseudomonas mallei qoʻzgʻatadi. Manqa zoonoz infeksiya boʻlib, aksari bir tuyoqli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebralar)da uchraydi. Kasallik, koʻpincha, odamga manqa bilan ogʻrigan otlardan yuqadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi shikastlangan teri yoki shilliq qavatlar orqali organizmga tushadi.

Kasallikning kasbga aloqadorligi aniqlangan, koʻproq hayvonlarga karaydigan kishilar (otboqarlar, yilqchilar, chavandozlar, veterinariya xodimlari va boshqalar) kasallanadi. Manqaning yashirin davri 1-5 kun. Xastalik oʻtkir va surunkali kechadi.

Kasallikning oʻtkir shaklida qoʻzgʻatuvchi kirgan joyda yalligʻlanish, soʻngra yaraga aylanuvchi granulyomlar paydo boʻladi. Keyinchalik regionar limfa tugunlarida yalligʻlanish, teri va shilliq qavatlarda pustulyoz toshmalar, mushaklar va teri ostida yiringli yaralar. Ichki aʼzolar va mushaklarda abssesslar, yiringli osteomiyelit va artritlar yuzaga keladi. Koʻpincha, qon va bronxlar orqali oʻpka shikastlanadi. Letallik juda yuqori. Kasallik bir necha oy davom etib surunkali shaklga aylanishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.