Kindik, kindik tizimchasi – odam va platsentali sut emizuvchi hayvonlarda homilani ona organizmi bilan bogʻlab turadigan (platsenta orqali) tizimchasimon anatomik tuzilma, aʼzo; tarkibida qon Tomirlar, allotois yoʻli va h. k. boʻladi.
Kindik orqali homila – platsenta qon aylanishi roʻy beradi. Asosan, dirildoq toʻqimadan tuzilgan, undan ikki arteriya va bitta vena oʻtadi. Bola tugʻilgan, kindik halqasi yaqinidan bogʻlab turib kirishadi, uning qoldigʻi esa tez koʻrib, bola 5-7 kunligidayoq tushib ketadi.
Tozalikka rioya kilinmasa, kindik orqali infeksiya kirib, yara, kindik sepsisi va boshqa kasalliklar roʻy berishi mumkin. Yara tezda bitmasa yoki chandigʻi notoʻgʻri shakllansa, shifokorga murojaat qilish kerak.