Kekirish

Kekirik, kekirish – meʼdadan yoki qiziloʻngachdan ogʻiz orqali beixtiyor havo chiqishi. Meʼdaning oʻn ikki barmoq ichakka oʻtgan joyi (pilorus) torayib qolganda meʼda, diafragma va qorin mushaklari refleks yoʻli bilan qiskarganda roʻy beradi.

Kekirik meʼda, jigar, oʻt pufagi va boshqa(lar) aʼzolar kasalliklari, shuningdek, yurak-tomir tizimi faoliyati susayganda, nevroz va h. k. da kuzatiladi. Sogʻlom odamlar shoshib ovqat yeganida, mineral suv ichganida yoki quruq ovqat yeganida koʻp havo yutilishi natijasida kekiradi. Bunday kekirikning hidi ham, taʼmi ham boʻlmaydi va birorta kasallik belgisi ham hisoblanmaydi.

Kekirik aksariyat emadigan bolalarda roʻy beradi: bola emayotganida ortiqcha havo yutib yuboradi va keyin uni sut bilan oz-ozdan chiqaradi. Meʼda shirasining kisltaliligi oshib ketganda kekirik nordon boʻladi. Achchiq K. meʼdaga oʻn ikki barmoq ichakdan safro tushganda kuzatiladi. Bemavrid kekiraverish biror kasallik alomati boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda K. ka sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi.

Изоҳлар

  1. Laizbek

    Juda kop kekiraman opkamni toliq nafas ololmiman yutagim hovliqadi bu nmadan

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.