Junjish, junjikish, qaltirash, et uvishishi – teri tomirlarining tortishib qisqarishi (spazm) natijasida sovuq sezish, sovqotish, qaltirash; ayni vaqtda, qon ichki aʼzolarga (asosan, qorin boʻshligiga) ketib, soch (jun) tip-tikka boʻladi, avval naynov, keyin yelka, orqa va qoʻl-oyoq mushaklari titraydi.
Odam, koʻpincha, isitmalashdan oldin yoki sovuq taʼsirida junjiydi. Junjishda organizmdan tashqariga issiqlik chiqishi kamayadi, mushaklar qisqarishi natijasida issiqlik koʻproq hosil boʻladi, shu tufayli gavdada issiqlik toʻplanib, harorat koʻtariladi, shundan keyin qaltirash tugaydi.
Tana harorati keskin oʻzgarib, isitma avjiga chiqqanda ham junjish kuzatiladi. Sogʻlom odamda junjish sovuq taʼsiriga javoban normal reaksiya, himoyalanish chorasi hisoblanadi.
Asabiy kishilarda qaltirash kuchli hayajon yoki qoʻrquvdan keyin ham paydo boʻladi.
Menga yordam berilar
Asalomu alaykum.manga istimachiqmay bezgak titroq bosadi. Nima uchun
Aaoomu alaykum. Manga istima chiqmasdan bezgak haniy titroq bisadi. Ninaga