Jon

Jon – insonning ichki dunyosi toʻgʻrisidagi qarashlarni ifodalovchi tushuncha. Bu tushuncha tarixan oʻzgarib turgan. Kelib chiqishi inson va hayvon tanasida yashaydigan, uyqu vaqtida yoki oʻlgan vaqtda tanadan chiqib ketadigan alohida kuch haqidagi ibtidoiy tasavvurlarga borib taqaladi. Ibtidoiy odamlarning tasavvurida jon qandaydir moddiy narsa (soya, qon, nafas) deb qaralgan.

Diniy tushunchalarga koʻra, jon – qandaydir jismsiz, oʻlmaydigan, tanadan mustaqil holda yashay oladigan nomoddiy kuchdir. Kishi tanida boʻlganda unga hayot baxsh etadi, u hech qachon oʻlmaydi, uni xudo ato qiladi va xudo qaytib oladi. Soʻng narigi dunyoda abadiy yashaydi. Tush koʻrish ham jonning tanadan vaqtincha koʻchishi bilan izohlanadi. U haqidagi fikrlar Sharq falsafasida ham keng tarqalgan.

Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd talimotlarida u inson tanasi bilan uzviy bogʻliq holda talqin etilgan. Forobiy uni tanadan mustaqil ajratib qoʻyishni, uni tanadan tanaga koʻchib yuradi, degan taʼlimotni tanqid qildi.

Koinotning yoppasiga jonliligi gʻoyasi (gilozoizm) odamiy jon haqidagi taʼlimotning asosi boʻldi (Platon, neoplatonizm). Aristotel uni tirik tanadan ajralmaydigan, faol maqsadga muvofiq ibtido (“shakl”) deb bilgan.

Panteistik qarashlarda u yagona ruhiy sustansiyaning alohida koʻrinishi sanaladi. Dekartning dualistik metafizikasi jonni va tanni ikki mustaqil substansiyaga ajratadi. Hoz. zamon psixologiyasida jon gʻayrishuuriylikni bildiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.