Jinsiy aʼzolar

Jinsiy aʼzolar

Jinsiy aʼzolar – koʻpayish aʼzolari. Odamda jinsiy aʼzolar ichki va tashqi turlarga boʻlinadi: ichki jinsiy aʼzolar (erkaklarda bir juft moyak, organlari bilan, urugʻ chiqarish yoʻllari, urugʻ pufakchalari va prostata bezi; ayollarda tuxumdon, bachadon, uning naylari va qin), asosan, kichik chanoqda joylashgan; tashqi jinsiy aʼzolar [erkaklarda erlik olati bilan yorgʻoq, ayollarda katta va kichik jinsiy (uyatli) lablar, qin daxlizi, klitor, qiyalik pardasi va Bartolin bezlari] qov birlashmasi (simfiz) tagida joylashgan.

Yorgʻoqda turadigan bir juft aʼzo – moyak erkak jinsiy hujayralari (spermatozoidlar)ni yetishtirib chiqaradi. Moyakning orqa chekkasga moyak ortigʻi taqalib turadi. Moyak ortigʻining dumidan urugʻ chiqarish yoʻli boshlanadi. Bu yoʻl urugʻ tizimchasi tarkibida chov kanali orqali kichik chanoqqa kiradi va qovuq tubiga yetib borib, kengayadi (urugʻ chiqarish yoʻlining ampulasi).

Ampulaning oxirgi qismi urugʻ pfakchasining yoʻliga qoʻshilib, urugʻ otish yoʻliga aylanadi. Bu yoʻl prostata bezini teshib oʻtib, siydik chiqarish kanali (uretra)ning prostatik qismiga ochiladi. Urugʻ pufakchasida urugʻ yigʻilib turadi.

Erlik oladi (zakar) ikkita gʻorsimon tana bilan bitta gʻovak tanadan tuzilgan. Gʻovak tananing oxirgi qismi kengayib, odat boshchasini hosil qiladi. Gʻovak tana ichidan uretra (siydik chiqarish kanali) oʻtadi, u odat boshchasiga ochiladi. Erlik olati sohasida teri yigʻilib, burmalanadi (chekka kertmak).

Gʻorsimon tana toʻqimasida venoz qon boʻladi: jinsiy qoʻzgʻalishda shu tanaga qon shiddat bilan kelib, ereksiya roʻy beradi.

Ayollar jinsiy bezi – tuxumdonnint poʻstloq va magʻiz (miya) qavati bor. Poʻstloq kavatda juda kichik va sekin-asta kattalashib yetiladigan Graaf pufakchalari turadi. Har qaysi pufakchada 28 kunda bittadan jinsiy hujayra – tuxum yotiladi.

U bachadon naylari orqali bachadonga keladi. Bachadon boʻyin bilan tashqi jinsiy aʼzolar oʻrtasidagi kanal – kinning ustki qismiga bachadon boʻyin kirib turadi, qin teshigi esa jinsiy lablar orasidan tashqariga ochiladi. Kichik jinsiy lab tubining ikki tomonida gʻorsimon tana bor, uning orqa uchi tagidagi juft bezlar (Bartolin bezlari) dan ishlanib chiqadigan sekret kichik jinsiy lab bilan qin daxlizi shilliq pardasini namlab turadi.

Klitor erkak oladi kabi gʻorsimon tanadan tuzilgan, qon Tomirlar va nervlaga boy, terisida nerv oxirlari koʻp boʻlib, u jinsiy his aʼzosidir. Qin daxlizi – oldingi tomondan klitor, orqa tomondan katta jinsiy lablarning orqadagi bitishmasi, ikki yon tomondan kichik jinsiy lablarning ichki yuzasi bilan chegaralangan.

Qin daxliziga siydik chiqarish kanali (uretra) ochiladi. Uretraning boʻyi ayollarda 3-4 sm, eni oʻzgaruvchan, kanali oson choʻziladi. Qiz bolalarda qin teshigi yupqa parda (qizlik pardasi) bilan bekilib turadi. Parda oʻrtasida kichkina teshik bor (yana q. Balogʻatga yetish).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.