Iqlimga moslashish

Iqlimga moslashish, iqlimlatirish – organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. I.m deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozga moslashishi ham tushuniladi.

Iqlimga moslashish 2 yoʻl bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bunday oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya termasi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyatsiya yoki turning genetik strukturasi oʻzgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi oʻzgarishi (haqiqiy iqlimga moslashish).

Turning genetik strukturaviy belgilovchi va iqlimga moslashishga sababchi omil tabiiy tanlanishdir. Organizmlar yangi hudud yoki joyga koʻchirilganda yoki yashash sharoiti oʻzgarganda (masalan, oʻrmon daraxtlari kesilganda, yoʻllarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) I. m. yuz beradi.

Bunday hollarda baʼzi organizmlar boshqa joyga oʻtadi yoki nobud boʻladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yaʼni iqlimlashadi. Bu jarayon odamga ham xos. Odamlar ilgari oʻzlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga koʻchib oʻtib, unga faol ravishda moslashadilar, yaʼni adaptatsiya yuz beradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.