Innervatsiya

Innervatsiya [lot. in – ichga, nervus – nerv] – odam va hayvonlar aʼzolari hamda toʻqimalarining markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi nerv (asab) tolalari orqali markaziy nerv tizimi bilan bogʻlanishi.

Toʻqima va aʼzolardagi qoʻzgʻalish markazga intiluvchi (afferent) nerv tolalaridan markaziy nerv tizimiga boradi va undan markazdan qochuvchi (efferent) nerv tolalari orqali ishchi aʼzolarga qaytadi.

Innervatsiya tufayli organizm tashqi va ichki muhit taʼsiriga javob qaytaradi. Ayrim aʼzolar (masalan, skelet mushaklarining faoliyati faqat efferent innervatsiya hisobiga roʻy beradi.

Baʼzi aʼzolar (masalan, yurak, ichak qisqarishi) shu aʼzolarning oʻzida paydo boʻlgan impulslar taʼsirida innervatsiya lanadi (yana q. Nerv boshqarilish).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.