gripp

Gripp

Gripp [frans. grippe], inflyuensa – keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir tizimi faoliyati buziladi.

Grippni viruslar koʻzgʻatadi; ularning A, Ap A2, B, C turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (H1N1), A (H1N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, B turi uchraydi. Gripp viruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan soʻng yuqish ehtimoli yoʻqoladi, quyosh nuri taʼsirida tez nobud boʻladi. Past haroratda, ayniqsa, havo harorati 0° dan past boʻlganda virus uzoq saqlanadi.

Shu sababli gripp kasalligi sovuq mavsumda koʻproq kuzatiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) taʼsirida viruslar tez nobud boʻladi. Isiriq tutuni ham gripp virularini oʻldiradi.

Gripp butun dunyoga tarqalgan, har 2-3 y. da bu kasallik epidemiyasi qayd etiladi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yoʻtalganida, gaplashgnida virus havo zarrachalari va soʻlak tomchilri bilan atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa, kasallikning dastlabki kunlarida virus bemor organizmidan koʻplab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yoʻllari orqali tushadi.

Aholining barcha tabaqalari (bolalar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli xastaliklarga chalingan odamlarga gripp tez oqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarda kasallik kam kuzatiladi.

Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri juda qisqa – bir necha soatdan 1-2 kungacha. Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Sogʻlom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi, lohas boʻladi, harorati koʻtarila boshlaydi. Oradan 1-2 soat oʻtgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon boʻladi.

Isitma qisqa vaqt ichida 39 – 40° gacha koʻtariladi, bemor junjikib, sovqotadi, kaltiraydi. H-rat koʻtarilib boʻlgach, bemorning badani qiziydi, betoqat boʻladi. Aʼzoi badani, boshi, Qoʻl-oyoq mushaklari zirqirab ogʻriydi. Ayniqsa, peshona va chakka sohasida ogʻriq kuchli boʻladi. Baʼzan bemorning boshi aylanib, koʻzi tinadi.

Koʻz yoshlanadi, qizarib ketadi, koʻz sokkasida ogʻriq boʻladi. Burun “bitib” qoladi, nafas olish qiyinlashadi, tomogʻi ogʻriydi, ogʻzi kaqraydi, quruq yoʻtal paydo boʻladi. Gripp yengil, oʻrtacha va juda ogʻir oʻtadi. Kasallik ogʻirroq kechganda koʻngil aynishi, qusish, burun qonashi ham mumkin.

Gripp keksalar va bolalarda ancha ogʻir kechadi, organizmda ilgariday mavjud boʻlgan surunkali kasalliklar, odatda, zoʻrayadi, baʼzan boshqa kasalliklar – zotiljam qoʻshiladi. Kasallikdan keyin oʻpka shamollashi, buyrak, miya pardalari nerv tugunlari va tolalarining yalligʻlanishi kabi asoratlar kuzatiladi.

Davolash. Gripp bilan ogʻrigan bemorni kasalxonaga yotqizish shart emas, uyda alohida xonada yotgani maʼqul. Faqat kasallik ogʻir kechgan hollarda bemor kasalxonaga yotqizildi. Kasallikning ogʻir-yengil oʻtishidan qati nazar, bemor yotishi lozim.

Viruslarga taʼsir etuvchi remantadin, interferon kabi dorilar faqat dastlabki kunlarda qoʻllanilsa yaxshi naf beradi. Shirchoy, limonli murabbo (ayniqsa, malina, smorodinali), qatiq, qokurum ichib terlash bemor ahvolini yaxshilaydi. Shifokor tavsiyasi bilan ogʻriq qoldiruvchi dorilar va antibiotiklar tavsiya etiladi.

Oldini olish. Gripp tarqalish ehtimoli boʻlgan kezlari maxsus profilaktika maqsadida virusga qarshi vaksina bilan emlash oʻtkaziladi. Asosan, bolalar va keksa yoshdagilar aylanadi; vaksina burunga tomiziladi.

Grippga qarshi gammagloblin qilinadi. Burunga profilaktika maqsadida interferon tomizib turish, oksolin moyi surtish, bemor bor xonada isiriq tugatib turish maqsadga muvofiq.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.