Gaymorit

Gaymorit – yuqori jagʻ sulgi boʻshligʻi (q. Gaymor boʻshligʻi) shilliq qavatining yalligʻlanishi. Kechishiga koʻra oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari farq qilinadi. Shamolash, gripp, tumov va boshqa(lar) infeksion kasalliklar, shuningdek, burun boʻshligʻi va chirigan toshdan yalligʻlanish jarayonlarining Gaymor boʻshligiga tarqalishi, baʼzan yuqori jagʻ suyagining shikastlanishi sabab boʻladi.

Oʻtkir gaymoritni vaqtida davolamaslik yoki chala davolash, baʼzan allergiya oqibatida surunkali kasallikka aylanishi mumkin. Gaymoritda bemorning darmoni quriydi, eta uvishadi, yonoqlari shishadi, xarorati koʻtariladi, yuqori jagʻi va boshi ogʻriydi, boshini burganda ogʻriq zoʻrayib, burni bitadi; koʻpincha, burunning bir tomonidan yiring (yiringli gaymorit) yoki shilimshiq (kataral gaymorit) oqadi, burundan nafas olish qiyinlashadi.

Yarim oʻtkir va surunkali gaymoritda kasallik alomatlari birmuncha sust namoyon boʻladi. Surunkali kasallik baʼzan yashirin kechib, sepsis, meningit, bosh miya abssessi va boshqa jiddiy asoratlar avj olishi mumkin.

Kasallikning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, sport bilan shugʻullanish, sof havo va suv muolajalaridan bahramand boʻlish, shuningdek, tumov, tish chrishi va boshqa(lar) kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish kerak.

Oʻtkir kasallikda turli dori-darmonlar buyuriladi, surunkalida, koʻpincha, jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.