Gavda harorati

Gavda harorati – odam va issiq qonli hayvonlar haroratining koʻrsatkichi; organizmda issiqlik uzluksiz hosil boʻlishi va atrofga chiqarib turilishi tufayli gavda harorati doim bir xilda saqlanadi.

Organizmning ichki muhit va teri harorati farq qilinadi. Ichki aʼzolar harorati unda kechadigan biokimyoviy jarayonlar jadalligiga qarab oʻzgarib turadi. Jigar harorati yuqori (39° gacha), teri harorati ichki aʼzolar haroratiga nisbatan ancha past boʻladi.

Odatda, qoʻltiq, baʼzan ogʻiz boʻshligʻi, toʻgʻri ichak harorati oʻlchanadi. Odamda tana harorati qoʻltiqdan oʻlchanganda aksari 36-36,8° boʻladi (baʼzi kishilarda 36° dan sal past yoki 37°dan sal yuqori boʻlishi mumkin). Gavda sirtidagi harorat ichki aʼzolar haroratidan ancha past.

Gavda harorati toʻgʻri ichakdan oʻlchanganda qoʻltiqdagiga nisbatan 0,5-0,8° ortiq chiqishining sababi ham shu. G.h. kun boʻyi ozgina oʻzgarib turadi, ertalab kamroq, kunduzi soat 12-16 larda yuqoriroq boʻladi.

Tashqi muhit sharoitlari noqulay boʻlganida yoki kishi jismoniy zoʻriqkanda, shuningdek, turli kasalliklarda yoki termoregulsiya buzilganda (gipertermiya) gavdaning harorati oʻzgaradi.

Koʻpincha, yalligʻlanish va yuqumli kasalliklar haroratning koʻtarilishi bilan kechadi (q. Isitma), kasallikka tashxis qoʻyishda buning ahamiyati katta. Turli zaharlanishlar, tinkani kuritdigan kasalliklarda temperaturaning pasayishi (gipotermiya) kuzatiladi. Harorat tibbiyot termometri bilan oʻlchanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.