Farmakoterapiya

Farmakoterapiya [yun. pharmakon – dori va terapiya], dori terapiyasi – dori-darmon bilan davolash. Etiotrop farmakoterapiyada dori-darmonlar kasallik qoʻzgʻatuvchilarga taʼsir etadi (masalan, infeksion kasalliklarni antibiotiklar bilan, zaharlanishni esa antidotlar bilan davolashda). Oʻrin bosuvchi farmakoterapiyada organizmga yuborilgan dorilar fiziologik faol moddalar oʻrnini bosadi (masalan, ichki sekretsiya bezlari yetishmovchiligida gormonal preparatlar qoʻllanadi).

Patogenetik farmakoterapiyada dori-darmon kasallikning patogeneziga taʼsir etadi (masalan, adrenalin bronxial astmaga, nitroglitserin stenokardiyaga, glyukozidlar yurak yetishmovchiligida qoʻllaniladi). Agar preparatlar kasallikning faqat ayrim belgilari (simptomi)ga taʼsir etsa (masalan, ogʻriq yoki yoʻtal qoldiruvchi dorilar), bunday farmakoterapiya simptomatik terapiya deyiladi. Farmakoterapiyada turli xil dori-darmonlardan foydalaniladi.

Infeksion kasalliklar va oʻsmalar kimyo terapiyasi – F. ning asosiy yoʻnalishidir. Kimyoterapevtik moddalar kasallik qoʻzgʻtuvchilar turi – mikroblar, viruslarga qarab spetsifik taʼsir etadi. Bunday taʼsir etish infeksion agent yoki oʻsma hujayrasining fiziologik, biokimyoviy va boshqa(lar) xossalari bilan bogʻliq.

Preparatlar taʼsiri ularning organizmga qanday usulda yuborilishiga, toʻqimalarda soʻrilishiga va boshqa(lar)ga bogʻliq. Ayrim hollarda organizmda dori-darmonlarga chidamli Mikroorganizmlar yoki oʻsma hujayralari paydo boʻlishi va koʻpayishi mumkin. Shu bois, koʻpincha, organizmga antimikrob va oʻsmalarga taʼsir etadigan bir qancha dorilarni qoʻshib yuboriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.