Farmakopeya

Farmakopeya [yun. pharmakon – dori va poieo – tayyorlayman] – dori vositalarini tayyorlash, sifatini sifat-mikdoriy jihatdan nazorat qilish, saqlash shart-sharoitlari va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari majmui. Farmakopeyada dori moddalari va dori turlarini kimyoviy, fizik, biologik va boshqa(lar) usullarda sifat hamda miqdoriy tahlil qilish usullari, zaharli va kuchli taʼsir etadigan dorilar roʻyxati, bolalar va kattalar uchun dorilarning bir ichishlik, shuningdek, kunlik mikdorlari jadvali yoritiladi.

Xitoyda 502-y. da chiqarilgan “Minibelu” kitobi, Yevropada 1130-y. da chop etilgan “Antidotoriy” toʻplamlari ilk rasmiy farmakopeya hujjatlaridir. Birinchi farmakopeya 1498-y. da Florensiyada “Ricettario Fiopentino” nomi bilan bosilib chiqdi. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari u yashagan davrda qoʻllanilgan dori vositalarini tayyorlash, ularning sifatini baholash va qoʻllanilishi haqidagi maʼlumotlari bilan oʻz zamonasining farmakopeyasi deb baholanishi mumkin. Bugungi kunda koʻpgina mamlakatlarning milliy va hududiy farmakopeyalari mavjud boʻlib, ulardan Eu. R. (Yevropada hamjamiyati F. si), USP (AQSH F. si), VR (Britaniya F. si), GF XI (Davlat F. sining 11-nashri), DP (Germaniya F. si) kabilar xalqaro eʼtirof etilgan F. lar hisoblanadi va koʻp hollarda dori vositalarining sifat nazorati yukoridagilarga asosan amalga oshiriladi.

Bugungi kunda koʻpgina mamlakatlarning milliy va hududiy farmakopeyalari mavjud boʻlib, ulardan Eu. R. (Yevropada hamjamiyati F. si), USP (AQSH F. si), VR (Britaniya F. si), GF XI (Davlat F. sining 11-nashri), DP (Germaniya F. si) kabilar xalqaro eʼtirof etilgan F. lar hisoblanadi va koʻp hollarda dori vositalarining sifat nazorati yukoridagilarga asosan amalga oshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.