Elektr bilan davolash

Elektr bilan davolash, elektrterapiya – elektr toki, elektr va magnit maydonlaridan davolash hamda profilaktika maqsadida foydalanish; fizioterapiyaning muhim boʻlimi.

Elektr bilan davolash faqat shifokor buyuganda mustaqil tarzda va boshqa(lar) davo choralari bilan birga qoʻllaniladi. Bemorni davolashda elektr bilan davolash yordamchi davo usuli hisoblanadi. Bunda past kuchlanishli oʻzgarmas elektr toki, oʻzgaruvchan toklar, shuningdek, past chastotali impulsli toklar , turli chastotali oʻzgaruvchan magnit maydonlar, yuqori chastotali oʻzgaruvchan magnit maydoni va boshqa(lar) qoʻllaniladi.

Past kuchlanishli tok elektrodlar orasida turgan tananing maʼlum qismidan oʻtganda hujayrada fizik-kimyoviy jarayonlarning oʻzgarishi roʻy beradi, qon aylanishi, uyqu yaxshilanadi, ogʻriq kamayadi, yalligʻlanish jarayonlarini bartaraf etishga yordam beradigan sharoitlar yaratiladi, zararlangan toʻqimalarning tiklayapti tezlashadi va h. k. Mazkur reaksiyalar past chastotali impulsli tok bilan davolaganda kamroq seziladi, bu – impulsli yuklarni ogʻriqni kamaytirish, uyqu buzilganda (elektruyku), boʻshatgan mushaklarni mashq qildirish (elektr stimulyatsiyasi)da qoʻllashga imkon beradi.

Past chastotali oʻzgaruvchan magnit maydonini davolash maqsadida qoʻllash magnitotrapiya deb ataladi. Davo induktorlar – elektr magnitlari yordamida oʻtkaziladi, elektromagnit badanning taʼsir koʻrsatilishi kerak boʻlgan maʼlum joyiga qoʻyiladi.

Magnit/maydonining kuch chiziqlari toʻqimalarga qarab, ularni maʼlum darajali istadi va turli fizik-kimyoviy oʻzgarishlarni yuzaga keltiradi, bu ogʻriq va qichishishning kamayishiga, Tomirlar kengayishiga, uyquning yaxshilanishiga yordam beradi.

Franklinizatsiyada davo maxsus konstrutsiyadagi ignali elektrodlar bilan oʻtkaziladi. Ignali elektrodlar boshning yoki zararlangan soha (yara)ning ustiga qoʻyiladi, bunda nerv tizimi, uyqu va umumiy ahvolning yaxshilanishi kuzatiladi. 

uvch-terapiyada ultra yuqori chastotali oʻzgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi, bunda davo zararlangan joyga qoʻyiladigan kondensator plastinkalar bilan bilinar-bilimas issiqlik taʼsir ettirib oʻtkaziladi. UVCH yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi, tomirlarni kengaytiradi, toʻqimalar oziqlanishini yaxshilaydi va ogʻriqni kamaytiradi.

Mikrotoʻlqinli terapiya – oʻta yuqori chastotali (santimetr va detsimetr diapazonidagi) nurlanishning elektr magnit maydonini davolash maqsadida qoʻllashdan iborat. Davo turli shakldagi nurlantirgichlar bilan taʼsir koʻrsatib oʻtkaziladi, muolajada bemorlarda issiqlik hissi paydo boʻladi. Boʻgʻimlar, umurtqa pogʻonasi, periferik nerv shikastlanganda, quloq, tomoq va burun, ayollar jinsiy aʼzolarining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida qoʻllaniladi.

Elektr bilan davolash usullari ogʻritmaydi va bemorlar uchun xavfsizdir, lekin bunda bir qator qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Elektr devoni ovqatlangandan 1-1,5 soat oʻtgach qilish, muolaja paytida yerga tutashirilgan narsalarga (apparat korpusiga, isitgich batareyalariga, kranlar va boshqa(lar) ga) va muolaja qabul qilayotgan bemorlarga tegmaslik zarur.

Elektr bilan davolash mahalliy va umumiy taʼsirlar tarzida bemorning tanasiga elektrodlar qoʻyib (elektr toki qoʻllaganda) yoki elektrodlarsiz (elektromagnit maydonlaridan foydalanilganda) amalga oshiriladi.

Elektr bilan davolashda impulsli gektardan foydalanish yaxshi natija beradi. Ayniqsa, past chastotadagi impulsli toklar neyroendokrin boshqarilish buzilganda toʻqimalarga trofik taʼsir etib uni meʼyorlashtiradi, ayrim aʼzo va tizimlar faoliyatini kuchaytiradi. Elektr bilan davolashning barcha usullari qoʻllanilganda umumiy nospetsifik reaksiyalar – qon aylanishi, moddalar almashinuvi, toʻqimalar trofiksi, organizm himoya xossalarining kuchayishi kuzatiladi. Elektr bilan davolash terapiyada muhim oʻrinni egallaydi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.