Ekspansivlik

Ekspansivlik [frans. expansif-birdan koʻpayish, oʻzini tuta bilmaslik] – narsa-hodsalarga joʻshqin, tezkor javob qaytarishga yoki munosabat bildirishga shay, ehtirosli holat. Inson vujudida toʻlib toshgan ham biologik, ham psixologik quvvatning tashqi ifodasi.

E. hissiyotiga beriluvchi odam hayajonlanib, hovlikib, yuragi taka-puka boʻlib, eshitgan yoki koʻrgan hodisa tafsilotini shoshilinch tnish-bilishlarga yoyishga oshiqadi.

E. tuygʻusi oʻz tabiati bilan begʻarazlikdan kelib chiqadi. Bunday hissiyotli odamlar vujudiga, qalbiga gap, xabar yoki ovoza sigʻmaydi, ularning koʻnlida sir yotmaydi. Ekspansivlik negizida aksariyat hollarda boʻhton yotmasa-da, koʻpchilikda noxush taassurot qoldirishi mumkin.

Ekspansivlikga odatlangan bola yoki talaba oʻqish jarayonida materialni bilsa ham, bilmasa ham qoʻl koʻtarib, tengdoshlari davrasida oʻzini koʻrsatishga harakat qiladi. Kishilarning sport maydonlari, tomosha zallaridagi qiyqirishlari, ishqibozlik lumalari E. ifodasidir.

Ekspansivlik turli yoshda, turli jinslar oʻrtasida turlicha namoyon boʻladi. Xotirjamlik bilan E. ning uygʻunlashishi ijobiy emotsional holatni vujudga keltiradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.