charchash

Charchash

Charchash, toliqish, horish – organizmga haddan tashqari zoʻr kelishi natijasida mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan fiziologik holat.

Aqliy charchash intellektual mehnat mahsuldorligining kamayishi, eʼtiborning buzilishi, fikrlashning susayishi va boshqalar bilan belgilanadi. Jismoniy charchash mushaklar kuchi va bir tekisda harakatlanishi kabi faliyatlarning buzilishi bilan kechadi.

Oʻta va surunkali charchash farq qilinadi. Oʻta charchash zoʻr berib jismoniy mehnat qilish natijasida roʻy beradi. Surunkali charchash turli funksional tizimlar va butun organizmdagi oʻzgarishlarning oylar va yillar davomida toʻliq tiklamasligi bilan bogʻliq.

Charchashning tezligi mehnatning xususiyati bilan belgilanadi: bir tarzda turib mushaklarga zoʻr keladigan ish bajarilganda kishi ancha tez, bir maromdagi ish bajarilganda birmuncha kam tolildi.

Charchashning yuzaga kelishida odamning bjarilayotgan ishga nisbatan munosabati ham muhim rol oʻynaydi. Koʻpchilik odamlarda emotsional qoʻzgʻalish davrida uzoq vaqtgacha charchash belgilari paydo boʻlmaydi.

Yetarli dam olmaslik yoki uzoq vaqt haddan tashqari zoʻriqib ishlash charchashga yoki mador koʻrishiga olib keladi. Aqliy va ruhiy toliqish farq qilinadi. Yosh va nerv tizimi maʼlum bir tuzilishga ega boʻlgan kishilarda jadal aqliy mehnat nevrozparga olib keladi. Ruhiy toliqish “yurak

Hissiyotga” toʻlib-toshgan va turli majburiyatlari boʻlgan shaxslarda kuzatiladi.

Miriqib uxlash va faol dam olish ish qobiliyatini tez tiklaydi.

Ogʻir kasalliklarni boshdan kechirgan kishilarda charchash tez yuz beradi. Arzimagan va uncha uzoq davom etmaydigan zoʻriqish ham ularda bosh ogʻrigʻi, harsillash, tez yurak urishi, terlash va kuvvatsizlikka sabab boʻladi. Bunday kishilar mehnat tartibiga va iloji boricha uzoqroq dam olishga qatʼiy amal qilishlari zarur.

Bolalar organizmining anatomo-fiziolgik xususiyatlariga koʻra hatto unchalik urimaganida ham (masalan, goʻdak uyqudan qolganida, maktabda partada uzoq oʻtirganida) tez charchab qolishi mumkin. Kun tartibining notoʻgrilgi, bir turdagi mashgʻulot, ortiqcha oʻyin-kulgi ham tez charchashga olib keladi.

Bolalarda charchash belgilari, koʻpincha, xati-harakatning buzilishida koʻrinadi: ular toqatsiz, eʼtiborsiz, dars vaqtida gaplashadigan, yaʼni intizomsiz boʻlib qoladilar. Baʼzi hollarda, ayniqsa, kasalliklarni boshidan kechirgan bolalar boʻshang, sustkash, horgʻin, kuchsiz boʻlib, fikrlaganda bosh ogʻrigʻi sezadi.

Charchash baʼzan boshdan kechirilgan kasallikning oqibati emas, balki uning boshlangich belgisi boʻlishi ham mumkin. Bolada boshdan kechirilgan kasallikka yoki aqliy va jismoniy zoʻriqishga bogʻlik boʻlmagan tez charchab qolish hollari yuz berganida, albatta, shifokorga murojaat etish lozim.

Ish qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlab qolishning taʼsirli vositalaridan biri – mehnat faoliyatining aniq maromda boʻlishdir. Tez Ch. ni oldini olishda mehnat va dam olishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ish kuni davomida qisqa muddatli tanaffuslar tashkil qilish, shuningdek, ish joyini tartibga solish, va oʻzini sal horigan his qilganda, charchogʻini yozadigan mashqlar bajarishga muhim eʼtibor berish zarur.

Bolalarda tez charchab qolishning oldini olish uchun ularning kun tartibi maromining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik (toʻyib uxlashiga, ish ogʻirlik kilmasligiga, ish bilan mashgʻuloni toʻgʻri navbatlashtirishga, ularning ochiq havoda uzoqroq boʻlishiga imkoniyat tugʻdirish) kerak.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.