Bavosir yoxud gemorroy

Bavosir, gemorroy – toʻgʻri ichakning pastki qismi, xususan, orqa chiqaruv yoʻli venalarining tugun-tugun boʻlib kengayishi. Itoksikatsiya, allergiya, mexanik taʼsirotlar: venalarning oʻsma, ayollarda homilali bachadon bilan ezilishi, uzoq muddat oyoqda yurib yoki oʻtirib ishlash, ovqatga ruju qilish, alkogolizm, surunkali qabziyat, shuningdek, ichki aʼzolarning turli kasalliklari va boshqa(lar) sabab boʻladi.

Bavosir avj olishida irsiy moyillik ham maʼlum ahamiyatga ega. Kechishiga koʻra oʻtkir, surunkali, kaytalaydigan, tugunlar orqa chiqaruv teshigda joylashishiga qarab tashqi, ichki va aralash xillari tafovut qilinadi.

Orqa chiqaruv yoʻli sohasida biror narsa tiqilgandek ogʻirlik, achishish, Qichishish, baʼzan hojat chogʻida ogʻriq kuzatiladi; keyinchalik gemorroidal qon ketishi mumkin (najasda qon boʻladi).

Agar bavosirda gemorroidal tugunlar tikilib qolsa yoki yaligʻlansa, qattiq ogʻriq beradi, harorat koʻtariladi, qabziyat kuzatiladi. Vaqtida oldi olinmasa, uzoq vaqt qon ketib yurishi – kamqonlikka, ichki gemorroidal tugunlar tushishi yoki kislishiga olib keladi.

Bavosirni davolashda vanna qabul qilish, ogʻriq qoldiruvchi shamcha qoʻyish tavsiya etiladi, parhez buyuriladi. Ogʻirroq hollarda jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

Bavosirning oldini olish uchun kabziyatga yoʻl qoʻymaslik; hojatdan keyin orqa chiqaruv teshigi sohasini ilik suv bilan yuvishga odalanish, kam harakat kishilar badan tarbiya bilan shugʻullanishlari lozim.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.