Bakteriyemiya

Bakteriyemiya [bakteriyalar va yun. haima – qon] – qonda bakteriyalar boʻlishi. Bakteriyalar odam va hayvonlar qoniga teri va shilliq pardalar shikastlanganda, shuningdek, limfa tugunlari, tomirlar tizimi va boshqa(lar) aʼzolar patologik jarayondan oʻzgarganda kiradi.

Koʻpgina infeksion kasalliklar – leptospirozlar, toshmali va qaytalama terlamalar, tulyaremida kuzatiladi. B. , ayniqsa, ichak infeksiyalari (ich terlama, paratif, salmonellyozlar, brutsellyoz va h. k.)ga xos, bu kasalliklarda bakteriyemiya patologik jarayonning yoyilib ketishiga sabab boʻladi.

Bakteriyemiya kasallikning oʻtkir davrida yaqqolroq koʻrinadi. Ionlashtiruvchi nurlar taʼsir etganda tabiiy immunitetning buzilishi, atitelolarning kam ishlanishi, leykotsitlar kamayishi va ularda fagotsitoz qobiliyatining susayishi, toʻqima toʻsiqlari oʻtkazuvchanligining zoʻrayishi va boshqa(lar) bir qancha omillar taʼsirida kelib chiqadi.

Organizm bakteriyemiyani yenggan sayin bakteriyalar qonda kamayib, tamomila barxam topadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.