Anamnez

Anamnez [yun. anamnesis – xotira] – bemorning oʻzidan yoki uni biladigan kishilardan shu bemorning hayot sharoiti va kasallik tarixi haqida soʻrab toʻplanadigan maʼlumotlar. A. toʻgʻri tashxis qoʻyishda eng muhim tekshiruv usullaridan biri.

Anamnezga bemorning shikoyati, kasallikning boshlanishi va keyingi kechish davri, ilgari qanday kasalliklar bilan ogʻrganligi, oilaviy sharoiti, zararli odatlari (chekish, spirtli ichimliklar ichish), turmush, mehnat tarzi, avlodlarning sogʻ yoki nosogʻligi va h. k. kiradi.

Maʼlumotlarning yanglish berilishi kasallikka tashxis qoʻyishni mushkulashtiradi va notoʻgʻri davolashga sabab boʻladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.