Amenoreya

Amenoreya [yun. a – inkor qoʻshimchasi, men – oy va rheo – oqaman] – olti oy va undan koʻproq muddat hayz koʻrmaslik.

Agar ayol ilgari hayz koʻrmagan boʻlsa, birlamchi, oldin hayz koʻrib yursa-yu, maʼlum vaqtdan soʻng hayz qoni uzoq vaqtgacha yoki butunlay toʻxtab qolsa, ikkilamchi amenoreya boʻladi.

Fiziologik amenoreya balogʻatga yetmagan qizlarda, homiladorlik, bola emizish va klimakteriya davrida uchraydi. Patologik amenoreyaga ogʻir infeksion kasalliklar (terlama, sil, sepsis), umumiy darmonsizlik, moddalar almashinuvining buzilishi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining oʻzgarishi, organizmning zaharlanishi, bachadonga turli eritmalar qoʻyilishi tufayli sodir boʻladi.

Baʼzan amenoreyada kasallik belgilari kuzatiladi, yuz va boshga qon koʻp kelib, toʻsatdan issiq seziladi, keyinchalik esa et uvushadi, sovuq ter bosadi, quloq shangʻillaydi va boshqa(lar) Hayz sikli buzilgan hollarda darhol shifokorga uchrashish va uning koʻrsatmalariga amal qilish zarur.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.