Agoniya

Agoniya [yun. agonia – kurash], holati razm – oʻlim talvasasi. Bosh miya faoliyatining zaiflashishi, xirillash, hushdan ketish, nafas olish va yurak urishining notekisligi, qorachiqning kengayishi, reflekslarning asta-sekin yoʻqolishi, oyoq va badanning sovishi, rang boʻzarishi, tananing koʻkimtir tus olishi agoniyaning oʻziga xos belgilari hisoblanadi.

Bemor koʻp qon yoʻkotganda, shok, asfiksiya va boshqa(lar) yuz berganida oʻz vaqtida tegishli choralar koʻrilsa, uni agoniya holatdan qaytarish mumkin. Agoniyani dastlab yunon tabiblari aniq tasvirlab berishgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.