Agnoziya

Agnoziya [yun. a – inkor qoʻshimchasi, gnosis – bilish] – fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega boʻlmaslik. Bunda bemor sezgi aʼzolari bilan narsalarni idrok qila olmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻining baʼzi qismlari zararlanganida kuzatiladi. Koʻrish, eshitish, taktil sezgi agnoziyasi va boshqa(lar) mavjud.

Koʻrish agnoziyasida bemor soʻzlarni oʻkiy olmaydi, raqamlarni tanimaydi. Eshitish agnoziyasi (ruhiy karlik) da tanish tovushlar (parovoz ovozi, qoʻngʻiroq jarangi, suvning shovullashi va h. k.)ni bemor aniqlay olmaydi, shuningdek, aytilgan soʻzlarning maʼnosini anglamaydi.

Taktil sezgi agnoziyasida bemor oʻzi ushlab turgan narsaning nima ekanligini aytib berolmaydi va h. k.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.