Adrenalin

Adrenalin [lot. ad-yonida va renalis-burakka oid], epinefrin, suprarenin va unga yaqin turadigan birikma noradrenalin – voyaga yetgan sut emizuvchi hayvonlar buyrak usti bezi magʻiz qavatining asosiy gormoni pirokatexin hosilasi.

Uning 1-shakli fiziologik faol, karbonsuvlar almashinuviga va qon aylanishi tizimiga taʼsir koʻrsatadi.

Tomirlar torayib, qon bosimi oshadi, yurak mushaklari qoʻzgʻaladi va toj tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi. Adrenalin jigar va mushaklariga glikogenning parchalanishini kuchaytirib, qonda glyukozani koʻpaytiradi.

Adrenalin shok, kollaps, bronxial astma va boshqa(lar) kasalliklarni davolashda qoʻllanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.