Abssess

Abssess [lot. abscessus – yiring boylagan joy] – terining shikastlangan joyida mikroblar toʻqimalarni yemirishi natijasida yiring toʻplanishi. Yiring boylagan joy qoʻshni toʻqima yoki aʼzolardan yupqa yoxud qalin (pogen) parda bilan ajralib turadi. U teri osti kletchatkasida, mushak, suyak, jigar, oʻpka, taloq, miya va boshqa(lar) aʼzolarda yoki ular oraligʻida paydo boʻlishi mumkin. Abssess bir bemorning bir necha aʼzolarida ham kuzatiladi.

Abssess mustaqil ravishda yoki boshqa kasalliklar (zotiljam, shikastlanish va h. k. )ning asorati koʻrinishida yuz beradi. Bu kasallik issiq va sovuq boʻladi. Issiq abssessda yiring boylagan joy qizarib shishadi, bemorning harorati koʻtariladi, boshi ogʻriydi, tomiri tez uradi, uxlay olmaydi. Bunday holatda shiddatli boshlanadi. Ichki aʼzolar (miya, oʻpka, jigar va boshqa(lar) ) abssessi bemor hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Kasallikning sovuq turida yuqoridagi belgilar kuzatilmaydi.

Davosi: toʻqima qattiqlashib, hali yiring toʻplanmagan boʻlsa, issiq qilinadi, kvars lampasi bilan nurlantiriladi, penitsillin buyuriladi. Agar yiring boylagan boʻlsa, jarrohlik usuli qoʻllanilishiga toʻgʻri keladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.