Enkoprez
Kasalliklar

Enkoprez – yo‘g‘on ichak patologiyasi

Enkoprez – yo‘g‘on ichak patologiyasi bilan bog‘liq xastalik. Tibbiyotda mazkur xastalikning yolg‘on (ikkilamchi) va haqiqiy ko‘rinishlari tasniflanadi. Biroq, har ikkala holatda ham bola taomnomasiga e’tibor qaratish lozim.

Ayniqsa, ich surishi bilan kechadigan ikkilamchi enkoprez bilan og‘rigan bolalar parhezga amal qilishlari shart. Taomnoma qizil lavlagi, o‘simlik yog‘i, sabzi, smetana (suyuq qaymoq), barra karam, olma, kivi, sut va sut mahsulotlaridan iborat bo‘lishi, makaron, manniy yormasi, guruch esa imkon qadar iste’mol qilinmasligi kerak.

Enkoprez muolajasining asosini bosh miya qobig‘ining metabolik jarayonlarini yaxshilovchi dori vositalari tashkil qiladi. Davolash choralari qancha muddat va qay tartibda olib borilishini esa shifokor belgilaydi.

Uning alomatlari ko‘pincha disbakteriozga xos bo‘lib, muolajada ichaklar mikroflorasini me’yorlashtiruvchi dori vositalari qo‘llaniladi. Bolada axlat tutolmaslikni davolashda uni keltirib chiqargan omil aniqlanmas ekan, undagi kutilgan natijaga erishish qiyin kechishi mumkin. Shu bilan birga bolaning psixonevrologik holatini ham inobatga olish darkor.

Ayrim hollarda xastalik aynan asab tolalarining zo‘riqishi sababli ham kelib chiqadi. Shifokorlar enkoprez muolajasi kutilgan natijani berishi uchun oilada sog‘lom muhitni yuzaga keltirish, bola ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi usullarni maslahat berishadi.

Farzandingiz salbiy o‘zgarishlardan o‘z qobig‘iga tushib qolmasligi va ruhan zo‘riqmasligi lozim. Buning uchun esa unga Sizning ko‘magingiz kerak bo‘ladi. Agar bolada ikkilamchi enkoprez bo‘lsa, yo‘g‘on ichakda axlat qolib ketmasligi, vaqti-vaqti bilan ichning bo‘shalishiga ahamiyat berish kerak.

Bolalarda diareya (ich ketishi) — belgilari va davolash usullari

Magina ARTIKOVA,
pediatr.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.