Do'lana
Dorivor o'simliklar

Do’lana foydasi va dorivor xususiyatlari

O‘zbekistonda do‘lananing bir nechta turi uchraydi, ayniqsa sariq rangli do‘lana (Crateagus pontica L.) keng tarqalgan bo‘lib, mevasi iste’mol qilinadi. Tibbiyotda esa do‘lanani 6 turining mevasi va gullari ishlatilishga ruxsat etilgan. Asosan keng tarqalgan qizil ya’ni Turkiston do‘lanasi (Crateagus turkestanica) ishlatiladi.

Do’lana mevalarining tarkibida 20 % qand, 8 % yog’, flavonoidlar (giperozid, kversetin, viteksin ), fitosterinlar, xolin, asetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, vitamin C , organik kislotalar , krategin moddalari mavjud.

O’zbekiston sharoitida o’sadigan do’lanalarning ba`zi turlarida vitamin B1 , B2 , PP , C , E borligi aniqlangan . O’simlik gullarida yuqorida qayd qilingan moddalardan tashqari , 0,16 % ga yaqin efir moylari bor . Xalq tabobatida do’lanadan kishi toliqqanda , aqliy xorg’inlikda , uyqusizlikda , yurak atrofida og’riq paydo bo’lganida davo sifatida foydalanilgan.

Abu Ali Ibn Sino do’lana mevasini ich ketishini to’xtatuvchi vosita sifatida tavsiya etgan . Do’lananing shifobaxsh xususiyatlaridan hozirgi zamon medetsinasida ham keng foydalaniladi .

Do’lana nastoykasi

Do’lananing spirtli nastoykasi va ekstraktini vrachlar angionevroz (qon tomirlarining nevrozi , qon tomirlarining funksional kasalligi ), yurak faoliyatining buzilishi , qon bosimining ortishi , yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar yuragining quvvatsizlanishi, tanglay murtaklarini yallig’lanishi kabi kasallillar bilan og’rigan bemorlarga ichishni tavsiya qiladilar. Do’lana kardiovalen preparati tarkibiga kiradi .

MEva preparatlari yurak mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi , uning bezovtalanishi , qon tarkibidagi xolesterinni kamaytiradi . Keyingi vaqtlarda do’lana preparatlarini ateroskleroz (arteriya devorlarining zichlashuvi va elastikligining yo’qolib ketishi) kasalligiga davo bo’lishi haqida ma`umotlar bor (Jafarov,1965). Shuningdek do’lana preparatlari sut bezlarining faoliyatini yaxshilaydi . (Guseynov ,1961).

Do’lananing foydasi

Do’lana mevalaridan dorivor tayyorlash uchun kuzda mevalari pishganda ular bandi ham yot aralashmalardan ajratiladi va quritiladi . Do’lananing gulto’plamlari o’simlik gullagan davrida yig’ib olinib,salqin , havo almashib turadigan joylarda quritiladi .

Tabiatshunos olimlarimizning bergan ma`lumotlariga qaraganda , Toshkent viloyatining Bo’stonliq zonasida Burchmulla va Chirchiq o’rmonxo’jaligida 1214 gektar maydonda 326800 tupdan ortiq do’lana bor. Agar meva zaha qilinmay terilsa 30-40 kungacha saqlanishi mumkin . Do’lana mevasidan uy sharoitida qaynatma tayyorlash uchun 20 g do’lanaga yarim choynakcha (200 g) qaynoq suv solib yengil alanga ustidan 15 daqiqa qaynatiladi . Qaynatma sharbatini choy o’rnida ichilsa ham bo’ladi.

Uning mevasidan xonaki qiyom ham tayyorlanadi . Buning uchun 25 g meva 200 g qaynoq suv bilan qaynatilib quyiltiriladi . Qiyomsimon moddadan kuniga 3 mahal ovqatdan so’ng 40 tomchidan ichiladi . Do’lana gullaridan qaynatma (otvar) tayyorlanishi mumkin : buning uchun 2 osh qoshiq quritilgan do’lana guli ustiga bir stakan miqdorda qaynoq suv solib , yengil alanga ustida 10 daqiqa qaynatiladi . Qaynatma sovutilgach , dokada suzilib , osh qoshiqda kuniga uch mahal ichiladi.

Ko‘pgina xalqlar xalq tabobatida do‘lana ich ketish, toliqish, aqliy horg‘inlik, uyqusizlik va asabiylashganda qo‘llaniladi. Shuningdek, bu meva yurak og‘riganda, klimaks davrida, revmatizm asoratidan paydo bo‘lgan revmokarditda, aterosklerozda, qon bosimi oshganda, bosh aylanishi, yo‘talda ham iste’mol qilinadi. Hozirda farmatsevtika sanoatida do‘lana gullaridan tayyorlangan tindirma va turli boshqa giyohlar bilan birga tayyorlangan dori vositalari ateroskleroz, nevroz, asab tizimi va yurak qon tomir kasalliklarida keng foydalanilmoqda.

Diqqat eslatma: Do‘lanani och qoringa iste’mol qilmaslik kerak. Chunki, u ichakni siqib, kishini qayt qildiradi. Bu mevani iste’mol qilgandan keyin ustidan sovuq suv ichish mumkin emas. Aks holda u me’da-ichaklar sanchig‘iga sabab bo‘lishini unutmang. Shuningdek, uni ortiqcha iste’mol qilish buyrakka zararlidir. Yana me’da-ichakni zaiflashtirib, kolit kasalligi, ko‘ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.

Mevaning qaynatma, damlama, qiyom va undan tayyorlangan dori vositalari bilan davolanish faqat shifokor maslahati bilan va uning nazorati ostida qo‘llanishi lozim.

Soglom.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.