Choy nafaqat sovuqda isitadigan, balki issiqda tetiklashtiruvchi mazali ichimlik, haqiqiy doridir. Qora, ko‘k va boshqa turdagi choylarning shifobaxsh xususiyatlari haqida ko‘p yozilgan, ammo bugun choyning qaysi kasalliklarni davolashi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Mundarija
Diareya va qorin dam bo‘lishi
Qora choy o‘z ichiga olgan teri oshlovchi kislotalari tufayli tana suyuqlikni yaxshi qabul qiladi. Agar qorin dam bo‘lishi yoki diareya xavfi bo‘lsa, shakarsiz holda ichilgan bir necha stakan qora choy, albatta, yordam beradi.
O’qing: Ich ketishi, diareyani uy sharoitida davolash yo’llari
Shishlar uchun choy
Qora choy yoki foydalanilgan choy paketlari shishni yumshatish va teri yoki shilliq pardalarni kesilgan joylari, hasharotlar chaqishi va hatto tish og‘rig‘ini qoldirishda yordam beruvchi samarali usuldir. Antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari tufayli choylar shishni yengillashtiradi, tananing tinchlanishiga yordam beradi.
Uchuq
Qora choy tarkibida kislotalarni neytrallashtirish mumkin bo‘lgan gidroksid mavjud − bu esa shamollash uchun foydalidir. Uchuq toshgan hududga kuniga uch-to‘rt marta foydalanilgan choyning paketi qo‘yiladi. Agar yaralar uzoq vaqt saqlanib qolsa, shifokoringizga murojaat qilish zarur.
Haddan tashqari terlash
Qora choy yordam beradigan yana bir holat − oyoqlarning haddan tashqari terlashi, ayniqsa, yoqimsiz hid bilan birga bo‘lsa. Qora choyli suvga oyoqlar biroz solinadi. Choy antibakterial ta’sirga ega, shuningdek, teshiklarni toraytirishga va shu bilan terlashni kamaytirishga yordam beradi.
Insultning oldini olish
Choyning barcha turlari antioksidantlarga boy, ammo eng yuqori konsentratsiya ko‘k choyda uchraydi. Yurak va qon tomirlarining sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish uchun kuniga bir yoki ikki stakan ko‘k choy ichish tavsiya etiladi. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu ichimlikni muntazam ravishda ichadigan odamlarda insult va yurak xastaligi xavfi past bo‘ladi.
Demensiyaning oldini olish
American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan bir tadqiqot shuni tasdiqladiki, kuniga atigi bir stakan ko‘k choyni ichgan keksa yoshdagi odamlar boshqa ichimliklar ichgan tengdoshlariga qaraganda kognitiv testlarni 38 foizga yaxshiroq ishlashgan. Shuningdek, kundalik dozani ikki stakanga oshirish harakat tarzini 54% ga faollashtiradi.
Husnbuzarlar
Agar yuzda husnbuzarlar ko‘p bo‘lsa, ko‘k choy kompresslari yoki shunchaki yuzni yuvish uchun ko‘k choydan foydalanish tavsiya etiladi. Bu yallig‘lanishni yengillashtiradi, terini tinchlantiradi va antibakterial xususiyatlarga ega moddalar husnbuzarlarni davolashda samarali hisoblanadi.
Tomoq og‘rig‘i
Issiq yalpiz choyi tomoq og‘rig‘i uchun juda samarali. U shilliq pardalarni tinchlantiradi, og‘riqni yengillashtiradi va yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan bakteriyalarni yo‘q qiladi.
Stress
Moychechak choyi − bu stress va xavotir uchun eng kerakli vosita. Undan ichish yoki hammom qabul qilish uchun ham foydalanish mumkin − ikkala usul ham bir xil darajada samarali. Aytgancha, moychechak choyi uyqusizlikning ajoyib yechimi hamdir.
Oshqozon yarasi
Moychechak tarkibida oshqozon yarasini keltirib chiqaradigan bakteriyalar o‘sishini sekinlashtiruvchi moddalar mavjud. Shuningdek, moychechakli choyga biroz asal qo‘shib ichilsa, oshqozon yarasini davolashga yordam beradi.
Yasmin bilan ko‘k choy
Yasmin tabiiy antidepressant bo‘lib, u endorfinlarni chiqarishga yordam beradi, stress gormoni kortizolni zararsizlantiradi, charchoq va holsizlikni ketkazadi. Shuningdek, ko‘k choyi bosh og‘rig‘i va charchoqni yengishga yordam beradi. Ushbu ichimlik, ayniqsa, og‘ir ish kunida juda katta yordam beradi. Chunki har qanday mashaqqatli mehnatdan so‘ng inson o‘zida ertangi kun uchun kuch topishi kerak.
Quyida choylarning zararli jihatlari haqida to’xtalib o’tamiz.
Choylar ajoyib tarzda chanqoqni bosadi va tetiklashtiradi, xolesterin miqdorini pasaytiradi va yurak-tomir tizimi ishini yaxshilaydi, qarishni sekinlashtiradi va hatto aqlliroq ham qiladi.
Lekin olimlar bu ichimlikning foydali xususiyatlari bilan birga zararli tomonlari ham borligini aniqladi.
Issiq choy va qon ketishi
Britaniyalik otolaringolog va plastik jarroh Genri Sharpning fikricha, kuydiradigan darajada qaynoq choy ichish odati burun-xalqum tomirlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Piyoladan chiqayotgan bug‘ ularni kengaytiradi va ko‘pincha burundan qon ketishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, issiq choy qizilo‘ngach saratonining rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligi haqida taxminlar mavjud.
Bu ichimlik uchun eng muvofiq bo‘lgan harorat 50–60 °С hisoblanadi.
Tishlar va suyaklarga zarari
Yillar davomida haddan tashqari achchiq choyni ichish natijasida tishlar zararlanishi va suyaklar mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin. Bu – skelet flyuorozining belgilari hisoblanadi. Bu kasallik suyaklarda ftorning yig‘ilib qolishi oqibatida paydo bo‘ladi. Achchiq choy orqali ham organizmga ftor moddasi kelib tushadi.
Parhezshunoslar bir kunda 4—5 piyoladan ko‘p bo‘lmagan miqdorda choy ichishni tavsiya qiladi.
Temir yetishmovchiligi
2011-yilda Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar choyni temir moddasining organizmga ovqat bilan birga kelib tushishiga va singishiga to‘sqinlik qilishini isbotladi.
Shuning uchun shifokorlar bu ichimlikni nonushta, tushlik yoki kechki ovqat mahali emas, balki ovqatlanishdan hech bo‘lmasa 20 daqiqadan keyin ichishni maslahat beradi.
Choy va uyqsizlik
Bunga choy tarkibidagi kofein va xushbo‘y moddalar sababchidir. Kechqurun choyning tetiklashtiruvchi xususiyati uyqungizni qochirishi mumkin. Agar kechqurun choy ichishni xohlasangiz, yaxshisi o‘simliklardan qilingan damlamalardan ichganingiz ma’qul.
Manba: Daryo.uz