bosh og'rig'i
Kasalliklar

Bosh og’rig’i — sabablari, turlar va uy sharoitida davolash usullari

Bosh og’rig’i yoki sefalgiya eng ko’p uchraydigan shikoyatlardan biridir. Bu zudlik bilan davolanishni talab qiladigan turli xil kasalliklarning alomati bo’lishi mumkin.

Bosh og’rig’i sabablari

Bosh og’rig’i quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi:

  • bo’yin va bosh jarohatlari;
  • gormonal muvozanat buzilishi;
  • doimiy stressli vaziyatlar;
  • surunkali charchoq;
  • meteota’sirchanlik;
  • miya saratoni;
  • bosh nervlarining yallig’lanishi;
  • yuqumli kasalliklar;
  • qon bosimi oshishi;
  • ruhiy kasalliklar;
  • qon tomir kasalliklari;
  • meningit;
  • insult;
  • infektsiyaning mavjudligi.

Ba’zida tabletka ko’rinishidagi kontratseptivlarni va tarkibida tiramin miqdori yuqori bo’lgan ovqatlarni qabul qilish paytida bosh og’rig’i yuzaga kelishi ham mumkin.

Bosh og’rishi turlari

Bosh og’rig’ining quyidagi turlari ajratiladi:

Migren

Ko’ngil aynishi bilan birga kechib, kuchli hidlarga va yorqin nurga toqat qilmaslikka olib keladigan kuchli og’riq. U umumiy zaiflik bilan birga keladi. Og’riq xurujining davomiyligi 4 soatdan 3 kungacha. Ko’pincha migren 20 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan odamlarda uchraydi. Bu hayot uchun xavfli emas, lekin bu odamga jiddiy noqulaylik tug’diradi.

Kuchlanish og’rig’i (Tenzion turi)

Bosh og’rig’ining eng keng tarqalgan turi. Ko’pincha yengil, ammo u odamni muntazam ravishda bezovta qilishi va 7 kungacha davom etishi mumkin. Og’riqning tabiati siqilish yoki bosish kabi bo’ladi. Og’riq peshona, tepa va ensaga tarqaladi. Ushbu turdagi og’riq sindromi uzoq vaqt davomida o’tirish holatida bo’lgan yoki kuchli psixo-emotsional stressga duchor bo’lgan odamlarda uchraydi.

Klaster bosh og’rishi (Хортоновская головная боль)

Bosh og’rig’ining eng og’ir va xavfli turlaridan biri. Uzoq muddatli pulsatsiyalanuvchi tutilishlar bilan tavsiflanadi. Og’riq sindromi ko’z yoki peshona hududida paydo bo’lib, qizarish, ko’z yoshlanishi va shish paydo bo’lishiga olib keladi. Bosh og’rig’i xurujlari 30 daqiqadan 1,5 soatgacha davom etishi mumkin. Bu asosan o’rta yoshdagi erkaklarda uchraydi.

Yuqumli kasalliklar tufayli bosh og’rishi

Bunday og’riqli hislar isitma va titroq bilan birga keladi. O’tkir nafas yo’li infektsiyalari va gripp bilan og’riqlar frontal yoki temporal qismlarda lokalizatsiya qilinadi. Agar og’riq sindromiga bakterial kasalliklar sabab bo’lsa, unda u turli xil nevrologik alomatlar bilan birga kelishi mumkin.

Sinusli bosh og’rig’i

Ushbu turdagi og’riq burun sinuslari hududida yallig’lanish jarayoni bilan yuzaga keladi. U burun va burun yo’llari shishi bilan birga keladi. Burun atrofi sohasi va peshona qismlarda og’riqli hislar yuzaga keladi. Ular asosiy kasallik tuzalguncha odamni bezovta qilishi mumkin.

Bosh miya ichki bosimi oshishi sababli bosh og’rishi

Kuchli og’riq, ko’ngil aynishi va yorqin nurga toqat qilmaslik bilan birga keladi. Ular boshning butun yuzasiga tarqalib, ko’z atrofigacha og’riq yetib borishi mumkin. Og’riqning bu turi tug’ilish jarohatlaridan so’ng va bosh miya jarohati olganlarda kuzatiladi.

Uch shoxli nerv chaqirgan bosh og’rig’i

Bunday og’riqning xuruji bir necha soniya davom etadi, ammo og’riqli yo’l bilan farq qiladi. Bu gaplashayotganda yoki ovqat eyayotganda paydo bo’lishi mumkin. Uch shoxli nervning zararlanishi tufayli bosh og’rishi stomatit, sinusit va kariyes fonida rivojlanadi.

Bosh og’rig’i belgilari

Bosh og’rig’iga quyidagi asosiy alomatlar hamroh bo’lishi mumkin:

  • qon bosimining ko’tarilishi;
  • qon tomirlar kengayishi;
  • pastki qovoqlarning og’irligi;
  • umumiy charchoq;
  • noaniq nutq;
  • qusish;
  • ongni chalkashishi;
  • mushak og’rig’i;
  • isitma;
  • aqliy charchoq.

Diagnostika usullari

Bosh og’rig’ining sababini aniqlash uchun shifokor bemorni tekshiradi va og’riqli hislarning tabiati, davomiyligi va lokalizatsiyasini aniqlaydi. Tashxisni tasdiqlash uchun yuqumli kasalliklar, autoimmun kasalliklarni va boshqalarni aniqlash maqsadida elektroensefalografiya, rentgen, kompyuter tomografiyasi, elektromiyografiya, MRT va boshqa laboratoriya diagnostika usullari amalga oshiriladi.

Qaysi shifokor bilan bog’lanish kerak?

Agar jarohatdan keyin bosh og’rig’i sizni bezovta qilsa, travmatolog yoki jarroh qabuliga boring. Boshqa hollarda, avval terapevtga tashrif buyuring. Shifokor dastlabki tashxislashni o’tkazadi va qaysi tor mutaxassisga murojaat qilish kerakligini aytadi, bular nevropatolog, LOR, endokrinolog, ortoped bo’lishi mumkin.

Bosh og’rig’i davosi

Davolash strategiyasi bosh og’rig’iga sabab bo’lgan kasallik yoki jarohatga bog’liq. Odatda davolash uchun quyidagilar ishlatiladi:

  • yallig’lanishga qarshi dorilar;
  • og’riq qoldiruvchi dorilar;
  • miorelaksantlar;
  • antidepressantlar;
  • manual terapiya;
  • ignaterapiya;
  • massaj;
  • fizioterapiya;
  • osteopatiya;
  • fizioterapiya.

Qiyin holatlarda mutaxssislar tomonidan gormonal vositalarni qo’llash orqali og’riqdan xalos bo’lishga yordam beriladi. Davolash kursi kasallikning og’irligiga bog’liq. Bemor kofein va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni kamaytirishi yoki butunlay cheklashi, chekishni tashlashi va o’rtacha jismoniy faollikni ta’minlashi kerak.

Bosh og’rishiga qarshi dorilar

  1. Paratsetamol. Ushbu vosita steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi dorilar guruhiga kiradi va og’riq qoldiruvchi xarakterga ega. Agar ushbu preparat bosh og’rig’ini yengillashtirsa, yangi preparat izlashingizga xojat yo’q.
  2. Bo’shashtiruvchi vositalar: Agar bosh og’rig’i ish joyida uzoq vaqt o’tirishdan kelib chiqsa (kuchlanish og’rig’i), bu holda relaksantlar eng samarali bo’ladi. Bunga quyidagilar kiradi: midokalm, sirdalud.
  3. NSYQDlar — nosteroid yallig’lanishga qarshi dorilar: Ibuprofen, Diklofenak, Asetilsalitsil kislotasi.
  4. Kombinatsiyalangan analgetiklar. Analgetiklik darajasini oshirish uchun NSYQD vositalar spazmlitiklar, paratsetamol va kofeinning turli xil birikmalariga asoslangan ko’plab preparatlar mavjud. Bular sitramon, pentalgin, solpadein, novigan. Ular bir tarkibli dori-darmonlarga qaraganda samaraliroq ishlaydi.
  5. Triptanlar. Faqat tasdiqlangan tashxis bilan tayinlanadi.

Shuni unutmasligimiz kerakki, har qanday dori juda ko’plab yon ta’sirlarga ega. Ularni nazoratsiz qabul qilish bir qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bosh og’rig’i kuzatilganda og’riq qoldiruvchi dorilarni necha marta qabul qilish mumkin?

Mutaxassislar og’riqli dorilarni oyiga 15 kundan ortiq qabul qilishni tavsiya etmaydi. Bu bitta faol moddadan iborat bo’lganlarga tegishli. Bir necha faol moddalarni o’z ichiga olgan og’riq qoldiruvchilarni oyiga 10 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Og’riq qoldiruvchi dorilarni tez-tez ishlatilish xavfi qanday?

Maxsus bosh og’rig’ini rivojlanish xavfi mavjud — bu og’riq qoldiruvchi vositalardan kelib chiqqan bosh og’rig’i (Абузусная головная боль) deb ataladi. Bunday holda, og’riq qoldiruvchi preparat bosh og’rig’ini qo’zg’atadi. Bunday og’riqni davolash juda qiyin kechadi.

Biror kishi uzoq vaqt (oylar, yillar) og’riq qoldiruvchi moddalarni iste’mol qilsa, bu turli xil organlarning ishiga ta’sir qilishi mumkin, ya’ni: jigar, buyraklar, oshqozon-ichak trakti (ba’zida o’limga olib keladigan qon ketishiga olib keladi). Eng an’anaviy og’riq qoldiruvchi vositalarni nazoratsiz ishlatish foydadan ko’ra ko’proq zarar etkazishi mumkin!

Uy sharoitida bosh og’rig’ini davolash va oldini olish usullari

  • Yetarlicha suv iching — Suvsizlanish fonida bosh og’rig’i yuzaga kelganda uni yengillatish uchun kun davomida ko’proq suv ichish, tarkibida suyuqlik miqdori yuqori bo’lgan ovqatlarni iste’mol qilish kifoya.
  • Ratsionga magniy qo’shing — Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, magniy yetishmovchiligi migren bilan og’rigan odamlarda tez-tez uchraydi. Bemorlarga kuniga 600 mg magniy sitrat ichish so’ralgan. Ushbu choralar bosh og’rishi xurujlari intensivligini va chastotasini pasaytirgan.*
  • Spirtli ichimliklardan voz keching — Spirtli ichimliklar vazodilatator hisoblanadi. Bu qon tomirlarini kengayishiga olib keladi va qon oqishini osonlashtiradi. Odamlarning ma’lum bir toifasida bunday mexanizmlar bosh og’rig’iga sabab bo’ladi. Spirtli ichimliklar gipotenziv dorilar kabi ishlaydi, bu esa yon ta’sir sifatida bosh og’rig’iga sabab bo’lishi mumkin.
  • To’g’ri uyquni ta’minlang — Uyqusizlik ba’zi odamlarda bosh og’rig’i yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Shu jumladan ko’p uxlash ham bosh og’rishiga sabab bo’lishi mumkin. Kuniga 7-9 soat uxlash tavsiya etiladi.
  • Gistamin o’z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini cheklang.
  • Efir moylaridan foydalaning — Bosh og’rig’iga qarshi kurashda yalpiz va lavanta efir moylari yaxshi natijalar beradi.
  • B vitaminlarini iste’mol qiling;
  • Sovuq kompresslarni sinab ko’ring — Sovuq kompresslar kuchli bosh og’rig’ini engillashtiradi.
  • Choy yoki kofe iching — Qahva yoki choyni asta-sekin ichish bosh og’rig’iga yordam beradi. Kofein emotsional fonga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, kuch beradi, qon tomirlarini toraytiradi. Bu xususiyatlarning barchasi bosh og’rig’i xuruji paytida odamning holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  • O’tkir hidlardan saqalning — Konsentrlangan atirlardan, kuchli hidli mahsulotlardan, tamaki tutunidan qochish migren xuruji ehtimolini pasaytiradi.
  • Zanjabilli choy iching — Zanjabil ildizi antioksidant va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega foydali elementlarga boy. Zanjabil ko’ngil aynishidan xalos bo’lishga, bosh og’rig’i alomatlarini yo’qotishga yordam beradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.