bo'qoq kasalligi
Kasalliklar

Bo’qoq belgilari, turlari, davolash va oldini olish usullari

Mundarija

Yod yetishmasligi

Tanamizda yod yetishmasa, bir qancha kasalliklar kelib chiqadi. Yer shari aholisining uchdan ikki qismi yod tanqisligidan aziyat chekadi. Dengizdan uzoqda yashovchi aholida bunday kasallikka moyil bo‘ladi. Yod yetishmovchilik darajasi tuproq va suvdagi yodning miqdoriga ham bog‘liq.

Qalqonsimon bez gormonlari tarkibida yod elementi bor. Bu gormonlar organizmning normal o‘sib yetilishi, rivojlanishini ta’minlaydi, markaziy nerv sistemasi, oshqozon ichak va jinsiy sistema normal faoliyatini ta’minlashda ishtirok etadi.

Atrof-muhitda yodning yetarli darajada bo‘lmasligi aholi organizmida yod tanqisligiga va kalqonsimon bez gormonlari xosil bo‘lishining kamayishiga olib keladi. Bunga javoban qalqonsimon bez kompensatori kattalashadi, ya’ni obrazli qilib aytganda, qalkonsimon bezi qo‘shimcha maydon xisobiga yodni ko‘prok yutishga harakat qiladi. Agar organizmga vaqtida yordam berilmasa, bo‘qoq rivojlanadi, qalqonsimon bezda tugun paydo bo‘ladi. Quyida bo’qoq kasalligi belgilari, turlari va oldini olish yo’llari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Bo‘qoq — qalqonsimon bezning kattalashuvi

Belgilari: Holsizlik, tez charchash, soch to‘kilishi, terining quruqlanishi, qabziyat (ich qotishi), tez toliqish, uyquchanlik, tushkunlik, xotiraning pasayishi va boshqalar yod yetishmasligiga xos belgilar hisoblanadi.

Bo‘qoqning bir necha shakli bor:

Endemik bo‘qoq — atrof-muhitda (suv, tuproq, havoda) yod oz bo‘lgan muayyan geografik chegaralangan hududlarda (jumladan O‘zbekistonda) uchraydi.

Sporadik (onda-sonda uchraydigan) bo‘qoq — buqoq endemiyasi bo‘lmagan joylarda rivojlanadi, kasallik keng tarqalmaydi.

Diffuz toksik bo‘qoq (Bazedov kasalligi) — bunda qalqonsimon bez kattalashuvi bilan birga funksiyasi kuchayadi. Diffuz toksik bo‘qoqni 1840 yilda nemis shifokori Karl Bazedov ta’riflab bergani uchun Bazedov kasalligi deb ataladi. Kelib chiqishida irsiy moyillik, immun sistemadagi o‘zgarishlar, ruhiy iztirob muhim o‘rin tutadi.

Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayishi natijasida muskullar zaiflashib, bemor serzarda, yig‘loqi bo‘lib qoladi, ozib ketadi, ko‘zi chaqchayadi (ekzoftalm, oftalmopatiya), ko‘p terlaydi, oyoq qo‘li, ba’zan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi (taxikardiya), uyqusi buziladi, bir oz isitma chiqadi, tez toliqadi va ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Kasallik og‘ir kechganida tireotoksik krizisga olib borishi mumkin. Bunda asosiy sistema va a’zolar faoliyati izdan chiqadi, tireotoksik koma yuz beradi.

Bo‘qoqni mutaxassis vrach davolaydi, turli gormonal dorilar buyuriladi. Ba’zan jarroxlik yo‘li bilan davolanadi. Toksik bo‘qoqni davolashda radioaktiv yod ham qo‘llaniladi.

Bo’qoqni oldini olish yo‘llari

Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda ommaviy yod profilaktikasi qo‘llanadi. Qayerdadir — non, boshqa bir joyda esa — sut, ya’ni ommaviy iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalaniladi. Afsuski, so‘nggi 10-20 yilliklarda bunday ommaviy yod profilaktikasi o‘tkazilmayapti. Shu bois barcha taomlarni tayyorlashda yodlangan tuzdan foydalanish kerak.

Yodlangan tuzni taomga qachon qo‘shgan ma’qul?

Shifokor-endokrinologning fikricha, taom tayyorlashda yodlangan tuzni eng oxirida, ya’ni uning tayyor bo‘lishiga 10-15 daqiqa qolganda qo‘shish maqsadga muvofiqdir. Ta’kidlash joizki, yodlangan tuzning qopqog‘i ochilganda u o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

Yodga boy boshqa mahsulotlar ham bor, biroq biz ularni har kuni iste’mol qilmaymiz Insonlarga birday yodning tekis taqsimlashning oson yo‘li, hamma iste’mol qiladigan mahsulotga yodni qo‘shishdir. Bunday mahsulot — tuzdir. Shuning uchun kundalik iste’moldagi arzon yodlangan tuzni taomga qo‘shish eng optimal variant hisoblanadi. Chunki tuzni hamma, har kun iste’mol qiladi. Ba’zilar yodni ichish kerak degan g‘aroyib tavsiyalar berishadi, aslo bunday qila ko‘rmang, bu qalqonsimon bez faoliyatining buzilishiga, autoimmun jarayonlariga olib keladi. Yodni teriga surish ham tavsiya etilmayli, chunki kuyish kuzatilishi mumkin, zero har bir insonning teri ta’sirchanligi o‘ziga xos.

Soch to‘kilishi, terining quruqlanishi, qabziyat (ich qotishi), tez toliqish, uyquchanlik, tushkunlik, xotiraning pasayishi va boshqalar gipoteriozga xos belgilar hisoblanadi. Qalqonsimon bez kasalliklari uning faoliyatining kuchayib ketishi (giperterioz), pasayishi (gipoterioz), yallig‘lanishi (tireoidit), kattalashishi ( bo‘qoq ) uchun xos belgilari, bezda xavfli va xavfsiz o‘simta paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.

Tegishli maqola: Qalqonsimon bez

«Shifo-info» gazetasi.
Shifoinfo.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.