bedana tuxumi
Tabiiy maslahatlar

Bedana tuxumi foydasi va zararli jihatlari

«Mitti, demang bizni, ko‘tarib uramiz sizni», degan naql aynan bedana tuxumi tomon qarata aytilgandek go‘yo. O‘zi mittigina bo‘lishiga qaramay, ming bir dardga davo bo‘lgan bedana tuxumining foydali xususiyati, kezi kelganda, zararli jihatlarini ham bilib qo‘ygan foyda. Quyida aynan shu haqida so‘z boradi.

Bedana tuxumi xosiyatlari

Uch dona bedana tuxumining hajmi bitta tovuq tuxumiga teng keladi. Shunga qaramay, bedana tuxumi foydalilik jihatidan tovuq tuxumiga nisbatan bir necha barobar ilg‘orroq. Jumladan, tovuq tuxumiga qaraganda, bedana tuxumi tarkibida kaliy 5, temir 4, B1 va B2 vitaminlari esa 2,5 barobar ko‘p.

Tuxumda oqsil moddasi 65 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bedana tuxumida A vitamini, nikotin kislotasi, fosfor, mis, lizotsim, kalsiy, kumush va boshqa aminokislotalar ham bor.

Bedana tuxumi, asosan, quyidagi kasalliklarda davo bo‘ladi

Bedana tuxumi erkaklarga foydasi

Erkaklik quvvatini oshirish maqsadida 40 kun davomida ertalab va kechqurun 3 tadan bedana tuxumi xomligicha yutiladi. Mazkur usul, ayniqsa, urug‘ tahlili past chiqqan hollarda tavsiya etiladi.

Erkaklik quvvatini oshirish borasida qo’shimcha foydali tavsiyalar →

Shamollash va jinsiy xastaliklarda

100 ml gazli suv, 1 osh qoshiqdan limon sharbati bilan asal, 20 gr spirt eritmasi va 2 dona bedana tuxumi yaxshilab aralashtiriladi. Mazkur ichimlik kuniga ikki mahal to‘q qoringa ichiladi.

Shamollashni uy sharoitida davolash →

Immunitetga yordam…

Ertalab va kechki payt ovqatdan avval 3 donadan (5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tadan) bedana tuxumini xomligicha iste’mol qilsangiz, tez orada foydasini sezishingiz mumkin.

Buning uchun tuxumni piyolada atalab, bir ko‘tarishda sipqorib iching. So‘ng yarim soat hech narsa yemang. Tuxumni 1 oy davomida har kuni ichishga odatlaning.

Yana bir tavsiya: 1 stakan olma yoki sabzi sharbatiga 2-3 dona ko‘pirtirilgan tuxum va bir qoshiq asal qo‘shing va kuniga bir mahal qabul qiling.

Bedana tuxumi po‘stlog‘ini tashlamang…

Bedana tuxumining po‘stlog‘i ham foydali. Uning kukuni organizmda kalsiy yetishmasligi, suyaklar mo‘rtligi va qo‘l-oyoqlarning tez-tez sinishi kabi holatlarda asqatadi.

Buning uchun ichidagi suyuqlikni ichganingizdan so‘ng po‘stlog‘ini sovuq suvda yaxshilab chaying. So‘ng 5 daqiqa qaynating. Suvini o‘zgartirib, qaytadan yana besh daqiqa qaynating. Shundan keyin suvini to‘kib, ustidan olma sirkasini qo‘shing-da 1 kun salqinroq joyda usti yopilgan holda saqlang.

Ertasiga esa tuxum po‘stlog‘ini quyosh tushmaydigan joyda quritib keyin blenderda maydalang. Hosil bo‘lgan tuxum kukuni 1 choy qoshiqning 1/3 qismi miqdorida har kuni ertalab iste’mol qilinadi.

Kichkintoyimiz sog‘ bo‘lsin!

Farzandingizga kunora 2 dona bedana tuxumini tayyorlab berishga odatlansangiz, u sog‘lom, kuchli bo‘lib voyaga yetadi.

Xotirasidan ham shikoyat qilmaydi, asab tizimi mustahkam bo‘lib, ko‘zlari juda o‘tkir bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, bunday bolalarning organizmi me’yorda rivojlanib, ha deganda, kasal bo‘lavermaydi.

Chaqaloq parvarishi →

Ko‘krak saratonining oldini oladi!

Bedana tuxumi tarkibidagi foydali xolin moddasi ayollarni ko‘krak saratonidan himoyalaydi. 2 dona tuxum tarkibida 250 mg xolin bo‘lda. Bu kundalik me’yor uchun yetarli sanaladi.

Osteoporozdan himoyalaydi

Bedana tuxumi tarkibidagi D vitamini suyak yemirilishi va osteoparoz xavfini bartaraf etadi. Bordi-yu, bu dardga chalingan bo‘lsangiz, tavsiya etiladigan surtmani qo‘llab ko‘ring.

Tayyorlash uchun 5 dona bedana tuxumini idishga chaqib, 2 osh qoshiq sirka bilan aralashtiring. So‘ng ustini yopib, sovuqroq yerda 2 kun saqlang.

Aralashmaga 1-2 osh qoshiq sariyog‘ qo‘shib, bo‘tqa tayyorlaysiz. Ushbu aralashmani kuniga 2-3 martagacha og‘riyotgan bo‘g‘imlarga surtish mumkin.

Homiladorlikda bedana tuxumi


Homiladorlikda ayol injiqlik, hafachanlik va kutilmagan xarakterlar bilan ajralib turadi. Bunday xatti-harakatlar vaziyatni suiiste’mol qilish emas, balki B guruhi vitaminlarining yetishmasligi natijasi hisoblanadi. Bedana tuxumi B vitaminiga boy bo’lib, muntazam ravishda iste’mol qilinganda ayolning hissiy holatini me’yorlashtiradi.

Foliy kislotasi embrionning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, rivojlanayotgan organizmda a’zolarning to’g’ri joylashishiga yordam beradi. Bu homila tushishi xavfini pasaytiradi va bachadon tonusini bartaraf etadi.

Shuningdek, anemiya homilador ayollarda yana bir keng tarqalgan holatdir. Bedana tuxumi gemoglobin miqdorini oshiradi va bu muammolarni oldini oladi, chunki u temirga boy hisoblanadi.

Homiladorlik kalendari (haftama-hafta o’zgarishlar) →

Bedanan tuxumi zarari

Foydali xususiyatlari talaygina bo‘lsa-da, bedana tuxumiga ruju qo‘yish ham yaramaydi. Kattalar kunora 4-6 tagacha, keksalar esa 3-4 tagacha iste’mol qilishlari mumkin.

1-3 yoshli bolalarga 1-2 dona, 4-10 yoshgacha bo‘lganlar uchun 3 dona, o‘smir yoshdagilarga esa 4 tagacha iste’mol qilish kunlik me’yor sanaladi. Jigar xastaligida kuniga 1-2 dona tuxumdan ortig‘i xavf tug‘dirishi mumkin.

Ortiqcha iste’mol qilingan tuxum bolalar va kattalarda bosh ichki bosimining oshishiga sabab bo‘lish ehtimoli bor. Shuningdek, allergiyaga moyillar uni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishlari tayinlanadi.

Shahlo ShЕRMUHAMMЕDOVA.
Darakchi.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.